Поиск статей:
ESI
Рейтинг:
ID: ESI528

Harakatga doir masalalarni matematikadan boshlang’ich sinflarda o’rganish metodikasi


Reja:

1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik-psixologik asoslari.

2. Masalalar bilan dastlabki tanishuv .

3. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar turlari.

4. Matnli masalarni yechish usullari.

5.4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi.

6. Harakatga doir masalalar va ularning turlari.

7.4-sinfda harakatga doir masalalarni o’rganishga oid dars ishlanmasi

O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o‘quv faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari, tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta‘lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish,  har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish , nazariy bilimlarning rolini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, M.Jumayev, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta‘lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi.

Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq matnli masalalar yechishni o`rganish tizimi to’g’ri tashkil etilsa mavzuning o’zlashtirilish darajasi to’g’ri shakllanadi.

Harakatga doir masalalarni o’tishda avval harakatga doir masalalar turi bilan tanishib chiqishimiz kerak.Harakatga doir masalalar o’rganishda quyidagilarga etiborimizni qaratamiz:

1.Harakatga doir masalalarning bajarishni o’rganish metodlari.

2.Harakatga doir masalalarning turlari.

3.Harakatga doir masalalarning bajarilish usullari.

 

1-bosqich: Masala o’qituvchining yo’naltiruvchi savollari bo’yicha yechiladi va bu yechish doskada va daftarda bir vaqtda bajariladi.

2-bosqich:Masala sharti o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi.Yechishning o’zi doskaga yozilmaydi,og’zaki aytilmaydi ham,o’quvchilar esa uni mustaqil bajaradilar.

3-bosqich:O’qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi.Yechish rejasi va yechishning o’zini o’quvchilar mustaqil bajarishadi.

4-bosqich:Masalani o’qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.

   O’quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy xarakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor.Bunga quyidagilar kiradi:

  1. Masalani har xil usullar bilan yechish.
  2.  Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish.
  3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar.Har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo’lib qolishi kerak.Buning uchun o’quvchilarning diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada ko’proq ma’lumotlarni olishga yo’naltirish kerak.

Harakatga doir masalalarni yechishda o’qituvchi oldiga maqsadni to’g’ri qo’yib olishi kerak.

  1. Ta’limiy maqsad:Harakatga doir masalala yechishni mustahkamlash.Uchrashma harakat va qarama – qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalarni yechishga tayyorlanish.TK 1:fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;TK 2: axborotlarni statistic ma’lumotlar ko’rinishlarning bir turidan boshqa ko’rinishiga o’tkaza olish; FK 1: vaqt,tezlik,tekis harakatda bosib o’tilgan yo’l kabi kattaliklar orasidagi bog’lanishlarga oid masalalarni yecha olish: bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir 2-4 amalli masalalar,proporsional bo’lishga doir masalarni yecha olish;
  2. Tarbiyaviy maqsad:Tabiatni sevishga chaqirish,uni asrashga undash,o’quvchilarni kasbga yo’naltirish.TK 4:atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
  3. Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning mustaqil fikrlashini,atamalarni to’g’ri o’qish malakalarini rivojlantirish.FK 2:o’rganilgan matematik tushunchalar,faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish;

        Harakatga doir masalalar turlari:

  1. Bir jism harakatiga doir masalalar.
  2. Uchrashma harakatga doir masalalar.
  3. Ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatiga doir masalalar.
  4. Ikki jismning bir yo’nalishidagi harakati.

 

 Mashqlarni yecha olish qator o’zaro aloqador va uzviy bog’langan qator xususiy (alohida ) ko’nikmalarni o’z ichiga oladiki, ularni quyidagicha ta‘kidlab o’tish mumkin; 1. Mashqni o’qib chiqib, uni tushunish, ya‘ni xar bir iboraning ma‘nosiga yetib, unda tasvir etilgan xolatni ko’z o’ngida gavdalantira olish; 2. Mashqdagi shart va savol. Ma‘lum va noma‘lum narsalarni ajratib ola bilish; 3. Mashqdagi shart va savol, berilgan va izlanayotgan ma‘lumotlar o’rtasidagi aloqani aniqlay olish, ya‘ni mashq matnini taxlil eta bilish va uning natijasi o’laroq, mashqni yechish uchun arifmetik amallarni tanlab olish; 4. Mashqning yechimi va javobini yoza olish. Bu ko’nikmalar muntazam va maqsadli amaliyot jarayonida quyidagi bosqichlarda shakllanadi.

Mashqlarni bajarishda quyidagi savollar qo’yilishi maqsadga muvofiq:

1.Maslada bnima haqida gap boriladi.

2.U haqida nima deyilgan?

3.Piyoda (mashina,ayiq,qayiq va h.k) qanday tezlik tezlik bilan harakatlangani ma’lummi?

4.Necha soat yo’l yurganichi?

5.Bizdan nimani toppish talab qiliniyapti?

6.Biz uni topa olamizmi?

7.Qaysi amal bilan?

8.Biz nimani topdik?

9.Javobni to’liq ayting.

Bunda o’qituvchi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:

1. Tayyorgarlik ishlari .

2. Mashq matnini tushuntirish ishlari.

3. Mashqni tahlil etish, uni yechish yo’lini izlash va yechish rejasini tuzish.

4. Yechim va javobini yozish.

5. Mashq yechilgandan so’ng uning ustida ishlash.

Mashg’ulotlarning har bir bosqichida o’qituvchi masalaning mazmuni, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, mashg’ulotning didaktik va tarbiyaviy hamda o’zga qator omillarni nazarda tutib, yechishning turli xil metodik uslublaridan foydalanadi. Masalani yechish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin.

1. Masala bo’yicha o’quvchi bilan yuzma-yuz suhbat,

2. Masalani ko’rgazmali vositalar yordamida tushuntirish,

3. Masalalarni taqqoslash;

4. Masalani o’zgartirish, o’zgacha shaklga kiritish;

5. Masalalar shartlarida biror ta‘limot yetishmovchi yoki ortiqcha holatidagi matnini tahlil etish;

6. Masalalarni o’quvchilar tomonidan tuzilishi;   

7. Masalani boshqa usul bilan yechish;

8. Masalaning yechimini tekshirish;

 

Harakatga doir masalalarni asosan 3 ta shart asosida  yechiladi:

1.Qisqa shart

2.Grafikli yoki chizmali

3.Jadval asosida

 

4 581 0
Yulduz Shaxodjayeva, Yashnobod tumani 255-maktabniong boshlang’ich sinflar o’qituvchisi Toshkent shahar Ұлы дала ұстазы № 000572
Оставить комментарий

Подтвердите что вы не робот - [] *: